Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

О‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2024/2025 o‘quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 6-iyuldan 12-iyulgacha bo'lib o'tdi.

Abituriyentlarning ota-onalari, qarindoshlari va ustozlariga imtihon jarayonlarini live.mrdi.uz  sayti hamda Youtube  tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri (onlayn) kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari yuzasidan e’tirozlaringiz mavjud bо‘lgan taqdirda  Apellyatsiya komissiyasiga 24 soat ichida onlayn ariza bilan murojaatlar yo'llash tizimi joriy etildi.

Kunlik imtihon natijalari institutning rasmiy axborot tizimiga muntazam joylashtirilib borildi.

Har kunlik kasbiy (ijodiy) imtihonlarni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov, O‘zbekiston Badiiy akademiya raisi o‘rinbosari Farhod Toshmuhamedov va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanovalar imtihonlar o‘tkazilayotgan auditoriyalarda bo‘lib, jarayonlar bilan bevosita tanishib borishdi.