close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🏛 17-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida "Qorshovultepa 2026: dala mavsumi natijalari" nomli arxeologiya ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍 2026-yilda Qarshovultepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ushbu yodgorlikdagi 18-dala mavsumi hisoblanadi.

🗺 Qorshovultepa Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Do‘stlik” fermer xo‘jaligi hududida, Chinoz shahridan 14 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, uning maydoni 6 gektardan ortiqni tashkil etadi. Qadimiy shaharcha 330×200 metr o‘lchamdagi kvadrat shaklga ega bo‘lib, Chirchiq (Parak) daryosining qadimiy o‘zani bilan tutashgan.

2026-yilgi qazishma ishlari asosan R-2, R-3, R-8 va R-10 obyektlarida olib borildi. Shuningdek, qal’a devorining shimoliy qismida yangi qazish ishlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida qal’ani shahristondan ajratib turuvchi mudofaa devori, stratigrafik qatlamlar hamda shaharning boshqa obyektlari bilan bog‘liqligini aniqlashga qaratilgan izlanishlar olib borildi.

🏺 Ekspozitsiyada yaxlit sopol idishlar bilan bir qatorda, ta’mirlanmagan arxeologik topilmalar parchalari ham namoyish etilmoqda. Ular orasida kichik ko‘zacha, suv idishining yassilangan yuqori qismi, yumaloq tubli likopcha, dasturxon hamda katta idishlar qopqoqlarining parchalari alohida e’tiborga loyiq.

📸 Ko‘rgazmada, shuningdek, Qorshovultepa arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari jarayonini aks ettiruvchi fotosuratlar ham o‘rin olgan.

➡️ Ko‘rgazma joriy yilning 26-iyuliga qadar davom etadi.