Ushbu muborak ayyom jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab, insonlar o‘rtasidagi hamjihatlikni kuchaytiradi. Bu qutlug‘ kunlar xonadonlaringizga fayzu baraka, qalblaringizga osoyishtalik va quvonch olib kelsin.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik hamda faoliyatingizda barqaror muvaffaqiyatlar tilaydi. Milliy san’at va madaniyat rivojiga qo‘shayotgan hissangiz izchil davom etib, yangi yutuqlarga zamin bo‘lishiga tilakdoshmiz.
✨ Yana bir bor Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!