close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 7-iyul kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul qilingan uchinchi avlod stajor-tadqiqotchilarining birinchi yarim yillik ijodiy attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

🖼 Attestatsiya davomida yosh rassomlarning so‘nggi olti oy mobaynida yaratgan asarlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur boshchiligidagi akademiklar va xalq rassomlaridan iborat komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi. Asarlar badiiy g‘oya, kompozitsiya, rang yechimi, obraz talqini hamda mualliflik uslubi asosida baholanib, stajor-tadqiqotchilarga ijodiy faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🎨 Mazkur attestatsiya Rassomlik mahorat ustaxonasida shakllanayotgan uchinchi avlod stajor-tadqiqotchilarining ilk ijodiy hisoboti bo‘ldi. U ustoz–shogird an’analari hamda oliy ta’limdan keyingi ijodiy ta’lim tizimining izchil rivojlanayotganini yana bir bor namoyon etdi.

✏️ Attestatsiya yakunlariga ko‘ra, stajor-tadqiqotchilar yaratgan asarlar belgilangan tartibda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi fondlariga topshiriladi.