close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

📚 25-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 2025–2026 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova ochib berdi.

🔔 Jumladan, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi. Unda maktab rahbariyati, pedagog-xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbir davomida 65 nafar bitiruvchi o‘quvchining yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilandi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy va musiqiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

🎨 Shuningdek, rassomlik bo‘limi dastgohli rangtasvir mutaxassisligi o‘qituvchisi Musaxonova Muhabbat Ravshanovna rahbarligida 9-sinf o‘quvchilarining “Sarhisob” nomli hisobot ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘quvchilarning yil davomida yaratgan 50 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma orqali rangtasvir, kompozitsiya va mustaqil ijodiy ishlar asosida o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, ijodiy yondashuvi hamda yil davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari namoyon etildi.

🎼 Tadbir davomida musiqa bo‘limi o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida “Ustoz-shogird” nomli konsert dasturi ham tashkil etildi. Konsert dasturida milliy va zamonaviy musiqiy asarlar jonli ijro etildi.

🎹 O‘quvchilar tomonidan dutor, fortepiano va vokal yo‘nalishlari bo‘yicha chiqishlar namoyish qilinib, ularning ijro mahorati, sahna madaniyati va musiqiy salohiyati keng yoritildi.

✨ Ayniqsa, ustoz va shogirdlarning birgalikdagi chiqishlari tadbir mazmunini yanada boyitdi. Konsert davomida milliy musiqa san’atini targ‘ib qilish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.