Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani singari, Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ham yangi 2026/2027-o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.
Tadbirni maktab-internat direktori O. Javliyev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, mustaqillikning qadr-qimmati, ta’lim va ijodning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritilib, Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va she’rlar yangradi.
Maktab-internatimizning bilimga chanqoq o‘quvchilariga, ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga ezgu tilaklar bildirilib, Prezident sovg‘alari topshirildi.
Jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” yangi bilimlar, yangi orzular va yangi ijodiy marralar sari chorlov bo‘ldi!