close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 18–28 avgust kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan Samarqand shahrida “Samarqand — 2026” xalqaro pleneri o‘tkaziladi.

🖌 Plenerda 14 nafar mahalliy va 14 nafar xorijiy professional rassom ishtirok etadi. Ishtirokchilar uchun yosh chegarasi belgilanmagan bo‘lib, saralash natijalariga ko‘ra jami 28 nafar rassom tanlab olinadi.

PLENER MAVZULARI:

🏛 Samarqand shahrining tarixiy obidalari
🌿 Betakror tabiati
🕌 Milliy qadriyatlari
🏙 Zamonaviy qiyofasi

📌 ISHTIROK ETISH SHARTLARI

Plenerda ishtirok etish istagida bo‘lgan rassomlar saralash uchun o‘zlarining 5–10 ta ijodiy ishidan namunalarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

🎨 Plener yakunida har bir ishtirokchi tomonidan oldindan tanlab olingan 2 dona ijodiy ish O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi zaxirasiga taqdim etiladi.

🖌 ISHTIROKCHILARGA:
▫️ zarur ijodiy xomashyo va materiallar bilan ta’minlanadi;
▫️ sertifikatlar topshiriladi;
▫️ esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

📞 Ma’lumot uchun telefonlar:
71 256 05 47
93 540 15 12

🌟 Samarqandning betakror tarixi, go‘zalligi va bugungi qiyofasini san’at orqali aks ettirishga chorlaymiz!