close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchilari — Sarvar Sulaymonov, Xurshid Ibragimov, Ulug‘bek Rajabov, Kamoliddin Xazratqulov va Siddiqbek Abdumo‘minov Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro an’anaviy anjumanda faol ishtirok etmoqda.

📍Ustaxonaning yosh ijodkorlari Tyanshan tog‘larining ulug‘vor manzaralari, muzdek irmoqlar, musaffo havo va betakror tabiat bag‘rida — ochiq osmon ostida etyudlar ishlab, yangi badiiy asarlar yaratmoqdalar. Tabiatning rang-barang qiyofasi rassomlar uchun cheksiz ilhom manbaiga aylanmoqda.

💾Shuningdek, vakillarimiz turli mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblari bilan ijodiy muloqotga kirishib, zamonaviy tasviriy san’atning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashmoqdalar. Bunday loyihalar yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy dunyoqarashini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎯Akademiya yosh ijodkorlarning xalqaro maydondagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali milliy tasviriy san’atimizni dunyo miqyosida munosib targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.