close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O’zbekiston Badiiy akademiyasi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Rangtasvir yo’nalishi: Dastgohli rangtasvir rassomi mutaxassisligida tahsil olgan 17 nafar Dizayn yo’nalishi: Libos dizayni mutaxassisligida tahsil olgan 9 nafar  jami 26 nafar o’quvchilarining bitiruv malakaviy ish himoyasi bo’lib o’tdi.

Bitiruv malakaviy ish himoyasini kirish so’zi bilan maktab-internati direktori Baxodir Bobonazarov ochib berdi.

Shundan so’ng Guliston davlat universiteti, amaliy san’at va dizayn kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent, yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisi Berikbayev Alisher so’zga chiqib, o’quvchilarga  oliy ta’lim muassalariga topshirish jarayonida oq yo’l tiladi.

Siradryo ISMI bitiruvchilari o’zlarining diplom oldi amaliyoti davomida olgan bilim, ko’nikma va malakalariga tayanib, bitiruv malakaviy ishlarini o’zlarining tanlagan mavzulari bo’yicha muvaffaqiyatli himoya qilishdi.