close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

12-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesini tayyorgarlik ko'rish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur boshchilik qildi.

Unda joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesiga tayyorgarlik jarayonining borishi, bo‘lajak tadbirning mazmun-mohiyati, tashkiliy jihatlari hamda uni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida biennalening ko‘rgazma dasturini shakllantirish, xorijiy ishtirokchilarni jalb etish, ijodiy ishlarni saralash va ekspozitsiyani tashkil etish, tadbirlar dasturini ishlab chiqish jarayonlarni muvofiqlashtirish hamda mehmonlar va ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar yakunida biennaleni tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.