Temuriylar tarixi davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan “XXI asrda muzey ta’limi: global kontekst va transformatsiyalar” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyaning ochilish marosimi va yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
💬 Konferensiyani O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov konferensiya ishtirokchilariga tabrik so‘zlari bilan ochib berdi.
Xalqaro konferensiya doirasida muzey ta’limining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajriba almashinuvi hamda muzeylar faoliyatida ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
✅ Xalqaro ilmiy muloqot maydonida O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muzey rahbarlari, soha mutaxassislari, olimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, muzey ta’limining bugungi holati, yangi imkoniyatlari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan o‘z ilmiy qarash va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.