close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🔔 Joriy yilning 25-may kuni Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 2025/2026-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✨ Tadbirni maktab-internat direktori J. Dosbergenov ochib berib, bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.

🎓 Bitiruvchi o‘quvchilar ustozlariga chuqur minnatdorlik bildirib, maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonida orttirgan bilimlari hamda maktab hayotining yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

🗣️ Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha bitiruvchi yoshlarga kelgusidagi o‘qish va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ularning yurt ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlariga ishonch bildirdilar.

💫 Tadbir yakunida faol o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligi e’tirof etilib, ular tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.