loader image

Yangiliklar

O‘zbek rangtasvir ustalari Turkiyada san’at haftaligida qatnashmoqda

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassomlar va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti «Mahobatli rangtasvir» kafedrasi professor-o‘qituvchilari – O‘zbekiston xalq rassomi, kafedra professori R.Xudayberganov, kafedra dotsenti Ch.Bekmirov, kafedra professori Sh.Jumaniyazov, kafedra o’qituvchisi Z.Usmonaliyev hamda Xattotlik va miniatyura kafedrasi professori B.Xadjimetov, O‘zbekiston xalq rassomi, Haykaltaroshlik kafedrasi professori J.Annazarov bir guruh yurtimiz ijodkorlari […]

Akmal Nurning Turkmanistonga tashrifi davom etmoqda

25-aprel kuni Ashxoboddagi Turkmaniston tasviriy san’at muzeyida Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Turkmaniston xalq rassomi, Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofot laureati, professor Ayxan Xadjiyev Sharq mutafakkir shoiri Maxtumquli Firog’iyning ilk kanonik (umumqabul qilingan) portreti muallifi. Ko‘rgazma […]

Akmal Nur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va maʼruza qildi.

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston rassomlar uyushmasi taklifiga muvofiq Ashxobod shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ashxobodda o‘tkazilayotgan qator tadbirlarda qatnashmoqda. 25-aprel kuni Akmal Nur atoqli turkman rassomi Ayxan Xadjiyev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va […]

Avlodlar aro rishtalar

Bugun, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom Muxtarxan Isanov va Emin Muxtarxanovlarning “Avlodlar aro rishtalar” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🥇Muxtarxan Isanov O‘zbekistonda tasviriy sanʼatni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda uzoq yillik ijodiy xizmatlari uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Muxtorxon ISANOV o‘z ijodida […]

Orol qalbimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali Mo’ynoq ekologiya muzeyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi a’zosi, rassom va shoir Erkin Nametovning «Orol qalbimizda» nomli ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Hamkorlik rivojlanmoqda

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston rassomlar uyushmasi taklifiga muvofiq Ashxobod shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Akmal Nur Ashxobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro anjuman va boshqa madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.

«Qalbim navosi — V» nomli guruh ko’rgazmasi ochildi

Bugun, 24-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, akademik, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining professori Akmal Ikromjonov va shogirdlarining “Moviyga parvoz» turkumidan «Qalbim navosi — V» nomli guruh ko’rgazmasi ochilish marosimi bo’lib o‘tdi.✅ 🎨Ko’rgazmada taniqli rassom Akmal Ikromjonov va uning shogirdlarining oxirgi yillarda ishlagan kopseptual asarlari namoyish etildi. Kompozitsion […]

Anons!

Joriy yilning 25-aprel kuni soat 17:00 da Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom Muxtarxan Isanov va Emin Muxtarxanovlarning “Avlodlar aro rishtalar” nomli shaxsiy koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi.✅ San’at ixlosmandlarini ko’rgazmaning ochilish marosimiga taklif qilamiz!

ANONS! XALQARO TANLOV‼️

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik komissiyasi, Xitoyning Markaziy tasviriy san’at akademiyasi (CAFA) va ShHT kotibiyati bilan hamkorlikda ShHTga a’zo davlatlar badiiy ko‘rgazmasini tashkil qiladi.✅ 🇺🇿O‘zbekiston bolalar va yosh rassomlarni o’z rasmlari va san’at asarlarini taqdim etishga taklif qiladi. 🎯“ShHT oilasi mening ko‘z o‘ngimda” mavzusiga bag‘ishlangan san’at asarlari “Shanxay ruhi”ni o‘zida mujassam […]

Anons!

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, akademik Akmal Ikromjonov va uning shogirdlari “Moviyga parvoz” turkumidan “Qalbim navosi – V” nomli guruh ko‘rgazmasini taqdim etadi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 24-aprel kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.