loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Qalbim navosi — V» nomli guruh ko’rgazmasi ochildi

Bugun, 24-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, akademik, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining professori Akmal Ikromjonov va shogirdlarining “Moviyga parvoz» turkumidan «Qalbim navosi — V» nomli guruh ko’rgazmasi ochilish marosimi bo’lib o‘tdi.✅

🎨Ko’rgazmada taniqli rassom Akmal Ikromjonov va uning shogirdlarining oxirgi yillarda ishlagan kopseptual asarlari namoyish etildi. Kompozitsion asarlarga ijodiy va erkin yondashilgan.

🎯“Moviyga parvoz» umumiy nom ostida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan bu galgi ko’rgazmada realistik xamda zamonaviy yo’nalishlarga mansub kartinalarni ko’rishingiz mumkin.

Ushbu turkum ko’rgazmaning davomli o’tkazilishi ko’rgazma ishtirokchilarining yutuqlaridan biridir.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.