loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston xizmat safari yakunlandi.

Joriy yil 24-27-aprel kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston rassomlar uyushmasi taklifiga muvofiq xizmat safarida bo‘ldi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Ashxobodda Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludinnig 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda ko‘rgazma ochilishida ishtirok etdi.

Tashrif dasturiga binoan Turkmanistonning oliy badiiy taʼlim muassasasi – Turkmaniston davlat Badiiy akademiyasi, Turkmaniston rassomlar uyushmasida soha vakillari bilan uchrashuv, muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar rejadagi ishlar – O‘zBA tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan biyennale, festival, xalqaro ko‘rgazmalarda turkman rassomlarining ishtiroki, Turkmaniston katta avlod rassomlari hamda O‘zbekistonda taʼlim olgan turkman rassomlari ko‘rgazmalarini tashkil qilish, shu tarzda Turkmanistonda ham o‘zbek rassomlari ijodini tanitishga oid loyihalar yuzasidan fikr almashishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.