loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

TAYINLOV!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tanlov komissiyasining qarori asosida Badiiy akademiya raisining tegishli buyrug‘i bilan Muxamedaliyeva Jamila Solijon qizi Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi. Jamila Muxamedaliyeva 1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2016-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan.

TAYINLOV!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli  buyrug‘i bilan Yuldashev Maʼmurjon Xashimovich Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Maʼmurjon Yuldashev 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Badiiy akademiyaning Matbuot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmati bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

«Орзулар дунёси» номли шахсий кўргазма

2024 йилнинг 27 январь куни соат 12:00да Ўзбекистон Бадиий академияси Икуо Хираяма Халқаро маданият карвон саройининг кичик залида ёш рассом Диёра Низомованинг “Орзулар дунёси” номли шахсий коргазмасининг жчилиши бўлиб ўтди. Кўргазмада ёш рассомнинг 20дан ортиқ ижодий ишлари намойиш қилинди. Диёра Алишеровна Низомова – 2008 йил 3 ноябрда Тошкент шаҳрида зиёлилар оиласида дунёга келган. Онаси архитектор […]

«Фантасмагория»номли кўргазма

2024 йил 25 январь куни Ўзбекистон Бадиий академияси Тошкент Фотосуратлар уйида Ўзбекистон Бадиий Ижодкорлар уюшмасининг «Театр, кино ва анимация» шўъбаси томонидан Ҳалқаро кино кунига бағишланган “ФАНТАСМАГОРИЯ” номли кўргазмада:  театр, кино ва анимацион фильмлар учун ишланган эскизлар;  креатив картиналар;  инсталляциялар;  перфоманс;  режиссёр ва рассомларнинг асар яратиш жараёнидан фото-кадрлар;  анимацион образлар […]

O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahridagi Xitoy milliy san’at va hunarmandchilik muzeyi – Xitoy nomoddiy madaniy meros muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi ochildi. Koʻrgazmaning ochilish marosimida ikki davlat madaniyat vazirlari hamda Oʻzbekiston va Xitoy Badiiy akademiyalari raislari, madaniyat, san’at sohasi vakillari  ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur so‘zga chiqdi: […]

Biz Korrupsiyaga qarshi – birga kurashamiz!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati hamda akademiya tizimidagi tashkilot va talim muassasalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, sohani korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida joriy yilning 22-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi J.Eshmuminov tomonidan P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor […]

Пекинда кўргазма

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahridagi Xitoy milliy san’at va hunarmandchilik muzeyi – Xitoy nomoddiy madaniy meros muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ko‘rgazmada so‘nggi o‘n yilda yaratilgan va o‘zbek rassomlarining keng ko‘lamli ijodiy ishlarini aks ettiruvchi asarlar, shuningdek, an’anaviy xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etiladi.

Beruniy siymosi yosh musavvirlar nigohida

Bugun Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bagishlangan “Abu Rayhon Beruniy siymosi yosh musavvirlar nigohida” nomli rasmlar tanlovi g`oliblarini taqdirlash hamda ko’rgazmasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada ishtirokchilarning 80 dan ortiq ijodiy ishlari namoyish qilindi. Tanlov shartlariga ko`ra, unda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan yoshlar ishtirok […]

«Tabiat va san’at»

Bugun, 16-yanvar kuni Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida 14-yanvar- Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli kuchlar akademiyasi faxriylari taklif qilinib, bayram tadbiri tashkil etildi va O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Muhammad Yuldashevning «Tabiat va san’at» nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bolib otdi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.