loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Biz Korrupsiyaga qarshi – birga kurashamiz!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati hamda akademiya tizimidagi tashkilot va talim muassasalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, sohani korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida joriy yilning 22-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi J.Eshmuminov tomonidan P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek lavozim (xizmat) majburiyatlarini bajarish chog‘ida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi hamda korrupsiyaning salbiy illatlari haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.

Yig‘ilishda P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.