loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Akmal Nur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va maʼruza qildi.

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston rassomlar uyushmasi taklifiga muvofiq Ashxobod shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ashxobodda o‘tkazilayotgan qator tadbirlarda qatnashmoqda.

25-aprel kuni Akmal Nur atoqli turkman rassomi Ayxan Xadjiyev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va «Turkiy davlatlar rassomlarining madaniy aloqalari» mavzusida maʼruza qildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.