28-sentabr kuni o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona me’yorlarni targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida «Xon atlas» festivali o‘tkazildi. Festivalda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sevara Jumayeva tashabbusi bilan “Xon atlasda aks etgan o‘zbek ayoli” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda ijodiy ishlar […]
