loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rassom Muzaffar Abdullayev tavalludining 70 yiligiga bag`ishlangan “Hayot zafari” nomli shaxsiy ko`rgazmasi

2023 yilning 25 sentyabr kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida buxorolik rassom Muzaffar Abdullayev tavalludining 70 yiligiga bag`ishlangan “Hayot zafari” nomli shaxsiy ko`rgazmasi ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 40dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish qilindi.
Rassom Muzaffar Abdullayev ko’pincha avtoportretlarga murojaat qiladi. Uning “Avtoportret” (1982) asarida tashvishli nigohi, keng ochilgan, o‘ychan ko‘zlari dunyoda ro‘y berayotgan voqealarni chuqur tahlil va muhabbat bilan kuzatayotgandek tuyuladi. Muzaffar Abdullayev o‘zining ichki dunyosi, kechinmalari, his-tuyg‘ulari haqida shunday deydi: – Tasvir, personajlar, davrlar ustida ishladim, – deydi rassom, – o‘zimning ishtiyoqim, muhabbatim bilan xalqim, shahrim va viloyatimning rang-barangligi, an’analari, boy tarixini yetkazishga harakat qildim”.

Ko`rgazma joriy yilning 5 oktyabrigacha davom etadi.

🔴Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.