loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ikkinchi jahon urushi xotiralarda

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamkorligida 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi o’tkazildi.✅

Ijodiy ishlar ikki bosqichda koʻrib chiqildi:
1-bosqichda – ijodiy ishlar belgilangan tartibda tashkiliy qoʻmita tomonidan dastlabki saralash yoʻli bilan,
2-bosqichda – hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan gʻolib va sovrindor boʻlgan ijodkorlar aniqlandi.

Bugun, 7-may kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida g’oliblar va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

🎗Rang tasvir nominatsiyasi boʻyicha:

🥉3-oʻrin – Qayumov Muxammadali Karim oʻgʻli, Respublika Ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi oʻqituvchisi;
🥈2-oʻrin – Dustmurodova Umida Uchqun qizi Toshkent Kimyo xalqaro Universiteti talabasi;
🥇1-oʻrin – Mirsaidov Mirvohid Mirzohid oʻgʻli, P.Benkov nomidagi Respublika Rassomlik maktabi oʻqituvchisi;

🎗Grafika nominatsiyasi boʻyicha:

🥉3-oʻrin – Kalonov Asliddin Djoʻrayevich, Kamoliddin Behzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti “Grafika” kafedrasi professori;
🥈2-oʻrin – Qodirova Ruhshona Toʻlqin qizi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti talabasi;
🥇1-oʻrin – Sharipov Narimon Djoʻrayevich, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti Dastgohli kitob grafikasi kafedrasi katta oʻqtuvchisi;

Haykaltaroshlik nominatsiyasi boʻyicha:

🥉3-oʻrin -Ahmedov Tohir Bohodirjon oʻgʻli, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti magistranti
🥈2-oʻrin –Pattayev Shuhratbek Sherzodbek oʻgʻli, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti talabasi;
🥇1-oʻrin- Malikjonov Muhammadrasul Jamolidin oʻgʻli, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti talabasi;

🏆Eng oliy mukofot “Gran-Pri” – Toʻxtapoʻlatov Jahongir Bahodir oʻgʻli, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti “haykaltaroshlik” taʼlim yoʻnalishi talabasi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.