loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Bokuda O‘zbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

oriy yilning 1-8-may kunlari Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyida Oʻzbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining “Oshiq darvesh” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va Ozarbayjon Milliy san’at muzeyi. ❇️Ushbu ko’rgazmada taniqli zamonaviy o’zbek miniatyurachilari Davron Toshev, Behzod Hojimetov, Mirhamid Sobirov va Baxtiyor Dedashevning 60 dan ortiq asarlari namoyish etiladi. […]

Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston xizmat safari yakunlandi.

Joriy yil 24-27-aprel kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston rassomlar uyushmasi taklifiga muvofiq xizmat safarida bo‘ldi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Ashxobodda Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludinnig 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda ko‘rgazma ochilishida ishtirok etdi. Tashrif dasturiga binoan Turkmanistonning oliy badiiy taʼlim muassasasi – Turkmaniston davlat Badiiy akademiyasi, Turkmaniston rassomlar […]

Mumtoz navolar

28-aprel kuni poytaxtimizdagi “Marifat markazi” simpoziumlar saroyida ijodiy ma’rifiy kecha bo’lib o’tdi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instututi professor-o’qituvchi va talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan “Mumtoz navolar” turkumidagi konsert dasturi taqdim etildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Marifat markazi” simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassomlar asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Anons!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Shahrisabz shahar bo‘limi, Toshkent fotosuratlar uyi hamda Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati hamkorligida O‘zBIU aʼzosi, badiiy fotorassom Zafar Ro‘ziqulov “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasini taqdim etadi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2024-yil 2-may kuni soat 14:30 da Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-intenatida bo‘lib o‘tadi. 📍Manzil: Shahrisbaz shahri, Tarag‘ay Bahodir ko‘chasi, 29-uy

Kuylamoq – yashamoq demak

26-aprel kuni poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida o‘zbek milliy estradasining asoschisi, ko‘plab durdona musiqiy asarlar muallifi va ijrochisi Botir Zokirov tavalludiga bag‘ishlab «Kuylamoq – yashamoq demak» deb nomlangan xotira oqshomi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov isteʼdodli xonanda bo‘lishi bilan birga, tasviriy sanʼatda ham samarali ijod qilgan sanʼatkor edi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan […]

O‘zbek rangtasvir ustalari Turkiyada san’at haftaligida qatnashmoqda

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassomlar va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti «Mahobatli rangtasvir» kafedrasi professor-o‘qituvchilari – O‘zbekiston xalq rassomi, kafedra professori R.Xudayberganov, kafedra dotsenti Ch.Bekmirov, kafedra professori Sh.Jumaniyazov, kafedra o’qituvchisi Z.Usmonaliyev hamda Xattotlik va miniatyura kafedrasi professori B.Xadjimetov, O‘zbekiston xalq rassomi, Haykaltaroshlik kafedrasi professori J.Annazarov bir guruh yurtimiz ijodkorlari […]

Akmal Nurning Turkmanistonga tashrifi davom etmoqda

25-aprel kuni Ashxoboddagi Turkmaniston tasviriy san’at muzeyida Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Turkmaniston xalq rassomi, Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofot laureati, professor Ayxan Xadjiyev Sharq mutafakkir shoiri Maxtumquli Firog’iyning ilk kanonik (umumqabul qilingan) portreti muallifi. Ko‘rgazma […]

Akmal Nur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va maʼruza qildi.

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Turkmaniston rassomlar uyushmasi taklifiga muvofiq Ashxobod shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ashxobodda o‘tkazilayotgan qator tadbirlarda qatnashmoqda. 25-aprel kuni Akmal Nur atoqli turkman rassomi Ayxan Xadjiyev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va […]

Avlodlar aro rishtalar

Bugun, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom Muxtarxan Isanov va Emin Muxtarxanovlarning “Avlodlar aro rishtalar” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🥇Muxtarxan Isanov O‘zbekistonda tasviriy sanʼatni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda uzoq yillik ijodiy xizmatlari uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Muxtorxon ISANOV o‘z ijodida […]

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.