loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

O‘zbek rangtasvir ustalari Turkiyada san’at haftaligida qatnashmoqda

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassomlar va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti «Mahobatli rangtasvir» kafedrasi professor-o‘qituvchilari – O‘zbekiston xalq rassomi, kafedra professori R.Xudayberganov, kafedra dotsenti Ch.Bekmirov, kafedra professori Sh.Jumaniyazov, kafedra o’qituvchisi Z.Usmonaliyev hamda Xattotlik va miniatyura kafedrasi professori B.Xadjimetov, O‘zbekiston xalq rassomi, Haykaltaroshlik kafedrasi professori J.Annazarov bir guruh yurtimiz ijodkorlari qatorida Turkiya Respublikasida «О‘zbekistondan bahor nafasi» nomli madaniyat va san’at haftaligida ishtirok etishmoqda.

Haftalik Kutahya Dumlupınar universiteti muzeylar koordinatorligi va Bursa Uludagʻ universiteti Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tashkilotchi muassasalar vakillari haftalik doirasida Kutahya Dumlupinar universitetiga qarashli bo’lgan Ahmet Yakubo’g’lu muzeyida tasviriy tashkil etilgan o’zbek rangtasvir ustalarining ushbu ko’rgazmasi tantanali ochilish marosimi ishtirok etishdi.

Tadbirda Kutahya Dumlupinar universiteti rektori, professor Sulaymon Kiziltoprak so’zga chiqib, O’zbekiston rassomlarini ko’rgazma bilan samimiy qutladi. Haftalik doirasida ikki qardosh davlat rassomlarining mahorat darslari bo’lib o’tishini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, R.Xudayberganov hamda J.Annazarov so’zga chiqib, o’zbek milliy rangtasvirining yanada yuksalishi va jahondagi nufuzi oshishi uchun bu kabi ko’rgazmalarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlab o’tdilar.

Ochilish davomida o’zbek milliy raqsi namoyishi ham yig’ilganlarga manzur keldi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.