loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Kuylamoq – yashamoq demak

26-aprel kuni poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida o‘zbek milliy estradasining asoschisi, ko‘plab durdona musiqiy asarlar muallifi va ijrochisi Botir Zokirov tavalludiga bag‘ishlab «Kuylamoq – yashamoq demak» deb nomlangan xotira oqshomi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov isteʼdodli xonanda bo‘lishi bilan birga, tasviriy sanʼatda ham samarali ijod qilgan sanʼatkor edi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Xalqaro anjumanlar saroyida Botir Zokirov ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada B.Zokirov chizgan rasmlar qatorida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassomlar asarlaridan namunalar sanʼat muxlislariga havola etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.