loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Avlodlar aro rishtalar

Bugun, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom Muxtarxan Isanov va Emin Muxtarxanovlarning “Avlodlar aro rishtalar” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🥇Muxtarxan Isanov O‘zbekistonda tasviriy sanʼatni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda uzoq yillik ijodiy xizmatlari uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi.

Muxtorxon ISANOV o‘z ijodida O‘rta Sharq badiiy merosi o‘ziga xos refraksiya topgan ijodkorlardan biridir va obrazlari o‘zgacha ma’naviyatga egaligi bilan ajralib turadi.

🏛Muxtorxon Isanov 1959 yilda Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. 1978 yilda P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1985 yilda M.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik institutini tamomlagan.✅

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.