Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy san‘at festivalining 2-kunida O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY tashkilotiga aʼzo mamlakatlar rassomlarining “Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi” nomli xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida ikkinchi bor tashkil qilingan ko‘rgazmada tashkilotga aʼzo barcha davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan 22 nafar, O‘zbekistondan 18 nafar […]
Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi. Markaziy ko’rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tomonidan liboslar namoyishi tashkil qilindi. Markaziy ko’rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Kemyung universiteti taekvondo sporti jamoasi (Keimyung University Taekwondo Demo Team) o’z […]
Bugun,6 aprel kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi galereyasida O‘zBIU Qo‘qon shahar bo‘limi a’zolarining «Ko‘prik» nomli ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan, Andijon, Qo‘qon, Farg‘ona viloyati bo‘limi raislari boshchiligida O‘zBIU a’zolari, ijodkorlar va hamkor tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda […]
4-aprel kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatiga O‘zbekiston BIU a’zosi,taniqli rassom Dilorom Mamedova hamrohligida Turkiya, Eron,Qozog‘iston,Qirg‘iziston, Ozarbayjonlik rassomlar tashrif buyurishdi. Ijodkorlar tashrif davomida maktab-internatidagi ijodiy ustaxonalar mutaxassislik fanlari mashg‘ulotlari bilan tanishishdi. Xorijiy rassomlar bilan ijodiy uchrashuv va mahorat darsi tashkil qilindi. Uchrashuv ko‘tarinki, samimiy ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Joriy yil 15-19 aprel kunlari Badiiy akademiya va qator vazirlik, tashkilotlar hamkorligida respublikamiz bo‘ylab 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlangan Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan bugun Badiiy akademiyada festival oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Badiiy akademiya mutasaddilari tomonidan xalqaro san’at haftaligini o‘tkazish to‘g‘risida axborot berildi. Xalqaro […]
Marg‘ilon shahrida 30 martdan boshlab YUNЕSKO tomonidan tashkil etilgan “An’anaviy hunarmandchilik, etno-dizayn va tadbirkorlik” bo‘yicha milliy treninglar bo‘lib o‘tmoqda. An’anaviy hunarmandchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning turmush darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan trening mashg‘ulotlarida yurtimizning eng nufuzli olimlari va hunarmandlari barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘istondan kelgan 60 nafar […]
5-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida «Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalini tashkil qilish va o‘tkazish» mavzusida matbuot anjumani tashkil qilinadi. Anjumanga sanʼat ixlosmandlari, OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.
Joriy yil 15-19-aprel kunlari respublikamiz bo‘ylab Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali o‘tkaziladi. Festival Dasturi bilan quyida tanishing!!! 8_program fest uz1
2-aprel kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Rustam Bazarovning “Hammasi bo’ladi Ok!” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Rassomning kartinalari 1993 yildan beri Toshkentdagi muzey va galereyalarda bir namoyish etib kelinmoqda. Rassom ijodida maishiy janr muhim o’rin tutadi. Uning qahramonlari turli xil hayotiy vaziyatlarda bo’lgan oddiy insonlardir. Qahramonlar shunchalik taniqliki, biz ularda qo’shnilarimizni, tanishlarimizni […]
Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi — xotiralarda” nomli ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat koʻrsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, oʻzbek xalqining gʻalabaga qoʻshgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush […]