loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Marg‘ilonda milliy treninglar

Marg‘ilon shahrida 30 martdan boshlab YUNЕSKO tomonidan tashkil etilgan “An’anaviy hunarmandchilik, etno-dizayn va tadbirkorlik” bo‘yicha milliy treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaviy hunarmandchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning turmush darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan trening mashg‘ulotlarida yurtimizning eng nufuzli olimlari va hunarmandlari  barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘istondan kelgan 60 nafar qatnashchilarga  ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tishmoqda.

 

Ular orasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “SAN’AT” jurnali bosh muharriri, PhD Binafsha Nodir “dizayn”, “chitgarlik” va “kashtachilik” guruhlari ishtirokchilariga o‘zbek an’anaviy kiyimlari, kashtachiligi, chitgarlik va libos dizayni tarixidan ma’ruzalar o‘qidi.

Treninglar 8 aprelga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.