loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi

Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy san‘at festivalining 2-kunida O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY tashkilotiga  aʼzo mamlakatlar rassomlarining “Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi” nomli xalqaro  ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida ikkinchi bor tashkil qilingan ko‘rgazmada tashkilotga aʼzo barcha davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan 22 nafar, O‘zbekistondan 18 nafar rassomning 70 dan ziyod asari o‘rin oldi.

Ko‘rgazma umumiy madaniyatimizni targ‘ib etish, rassomlarimiz o‘rtasidagi ijodiy aloqalarni yana-da kuchaytirish, hamjihatlikni taʼminlash, muloqot yuritishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.