loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Hammasi bo’ladi Ok!

2-aprel kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Rustam Bazarovning “Hammasi bo’ladi Ok!” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Rassomning kartinalari 1993 yildan beri Toshkentdagi muzey va galereyalarda bir namoyish etib kelinmoqda.

Rassom ijodida maishiy janr muhim o’rin tutadi. Uning qahramonlari turli xil hayotiy vaziyatlarda bo’lgan oddiy insonlardir. Qahramonlar shunchalik taniqliki, biz ularda qo’shnilarimizni, tanishlarimizni yoki o’zimizni ko’rayotganga o’xshaymiz.

Rassomning asarlarida ham zavq, ham qayg’u uchun joy bor: hayot pafossiz va yoqimli hazil tariqasida tomoshabin oldida o’z holicha namoyon bo’ladi.

Ko‘rgazmada nafaqat janrli polotnolar, balki yorug‘lik, go‘zallik va osoyishtalikka to‘la turli manzaralar: yilning istalgan faslida o‘ziga xos go‘zal bo‘lgan Chorvoq, dala-hovlilar, dala va tog‘lar ham namoyish etilmoqda.

Ko’rgazma 11-aprelga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.