loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali

Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi.

Markaziy ko’rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tomonidan liboslar namoyishi tashkil qilindi.

Markaziy ko’rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Kemyung universiteti taekvondo sporti jamoasi (Keimyung University Taekwondo Demo Team) o’z mahoratini namoyish etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida Janubiy Koreyaning Kemyung universiteti talabalari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada universitetda saboq olayotgan 13 nafar talabaning 60 ga yaqin asarlari namoyish etilmoqda.

Joriy yil boshida Kemyung universiteti tomonidan O‘zbekistonda fevral oyida “Peyzaj va portret” mavzusida 1-xalqaro ijodiy tanlov eʼlon qilingan edi. Kemyung universiteti talabalari ko‘rgazmasi doirasida mazkur ijodiy tanlov g‘oliblari eʼlon qilinib, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Koreya Respublikasi Kemyung universiteti professorlari Jeong Ki-Sung hamda Jang Taemookga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Faxriy professor”i unvoni berildi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.