loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ko‘prik

Bugun,6 aprel kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi galereyasida O‘zBIU Qo‘qon shahar bo‘limi a’zolarining «Ko‘prik» nomli ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan, Andijon, Qo‘qon, Farg‘ona viloyati bo‘limi raislari boshchiligida O‘zBIU a’zolari, ijodkorlar va hamkor tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar,  hududlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma, ijodkorlarlar o‘rtasida mustahkam aloqa va tajriba almashish uchun ajoyib  muhit yaratayotganini ta’kidlab, loyiha tashkilotchisi O‘zBIU Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i R.Ismanovga  tashakkur bildirishdi.

Bugungi kunga qadar mazkur loyiha asosida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati rassomlari o‘rtasida o‘zaro almashinuv ko‘rgazmalari tashkil etilib, istiqbolda boshqa viloyatlar o‘rtasida davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha yakunida  ko‘rgazmada ishtirok etgan respublika miqyosidagi eng sara asarlar asosida xorijiy davlatlarda ko‘rgazmani davom ettirish rejalashtirilgan.

Farg‘ona vodiysining tarixiy markazi, madaniyat o‘chog‘i sanalgan Qo‘qon shaxri rassomlari tomonidan yaratilgan betakror  asarlar san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ochilish marosimidan so‘ng qo‘qonlik ijodkorlar Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozitsiyasiga tashrif buyurdilar.

Ko‘rgazma 1 oy davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.