loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Akmal Nurning Turkmanistonga tashrifi davom etmoqda

25-aprel kuni Ashxoboddagi Turkmaniston tasviriy san’at muzeyida Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Turkmaniston xalq rassomi, Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofot laureati, professor Ayxan Xadjiyev Sharq mutafakkir shoiri Maxtumquli Firog’iyning ilk kanonik (umumqabul qilingan) portreti muallifi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Firog’iy she’riyatidan ilhomlangan usta” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.