loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Respulika seminari bo’lib o’tdi

O’zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 2023-yil 22-sentabr kuni “O’zbekiston amaliy san’atida yog’och o’ymakorligining Qo’qon uslubi” mavzusida Respublika seminari o’tkazildi.
Seminarga O’zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi F.Оbidjonova, Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig’i M.Qurbonov, Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalari rahbarlari hamda rahbar o’rinbosarlari tashrif buyurdi.

Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida tashkil etilgan “O’zbekiston amaliy san’atida yog’och o’ymakorligining Qo’qon uslubi” mavzusidagi Respublika seminarining tantanali ochilish marosimini O’zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi F.Obidjonova ochib berdi va seminar ishtirokchilarini bugungi bayram bilan qutladi. Maktabning musiqiy cholg’uchlik bo’limi oqituvchilari tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Seminar kun tartibiga muvofiq maktabning tasviriy va amaliy san’at bo’limi san’at tarixi fani o’qituvchisi, san’atshunos K.Jo’rayeva, Yog’och o’ymakorligi mutaxassislik fan o’qituvchisi N.Sultonxo’jayevlar tomonidan “O’zbekiston amaliy san’atida yog’och o’ymakorligining Qo’qon uslubi” mavzusidagi seminar o’tkazildi.
Seminar davomida Qo’qon yog’och o’ymakorligi tarixi, Qo’qon yog’och o’ymakorlik maktabining asoschisi Q.Haydarov hayoti va faoliyati, Yog’och o’ymakorligining uslublari, Qo’qon yog’och o’ymakorligi uslubining boshqa maktablardan farqi, Q.Haydarovning shogirdlari va ularning me’moriy obidalarga qo’shgan xissalari hamda hozirgi kunda Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabidagi yog’och o’ymakorligi yo’nalishi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari Qо’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi mutaxassilik va umumta’lim fan о’qituvchilari tomonidan “Ochiq dars” mashg’ulotlariga kirib o’quv jarayoni va amaliy ish jarayonini kuzatishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.