loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

DIQQAT, YOSh IJODKORLAR TANLOVI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2022 yil 25 avgustdagi PQ-361-son qaroriga asosan yosh ijodkorlar o‘rtasida “Abu Rayhon Beruniy  siymosi yosh musavvirlar nigohida” rasmlar tanlovi tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov tashkilotchilari: Respublika isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi.

✅Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari:

O‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Birinchi Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniy dahosi, ilmiy-maʼrifiy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

✅Yoshlar ongida  vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qadrlash, maʼnaviy merosimizga vorislik, daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish;

✅Yosh ijodkorlarning tasviriy sanʼatga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash.

✅Tanlov 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar o‘rtasida tasviriy sanʼatning rangtasvir, grafika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Tanlovda yurtimizda istiqomat qilayotgan xorijiy davlat yoshlari ham o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

🔹Tanlovga quyidagi mavzularda yaratilgan ijodiy ishlar taqdim qilinadi:

🔼 «Beruniyning kamolot yo‘li»

🔼 «Beruniy – kitobga oshno qalb sohibi»

🔼»Beruniyning ilmiy tafakkuri»

🔼»Beruniyning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi»

🔼»Uchinchi Renessans ostonasida: Beruniy izdoshlari»

🔼 «Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lamiz»

☑️Tanlov g‘oliblari quyidagicha belgilanadi:

– Oliy o‘rin -1 nafar;
1-o‘rin sohibi – 1 nafar;
2-o‘rin sohibi – 1 nafar;
3-o‘rin sohibi – 1 nafar.

❗️Tanlov uchun arizalar va ijodiy ishlar 2023 yil 18 sentyabrdan 18 noyabrgacha qabul qilinadi.
❗️Belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan ijod namunalari ko‘rib chiqilmaydi.

Ishtirokchi Nizomga ilova qilingan ariza-anketa asosida maʼlumot to‘ldirib, har bir ijodiy ish orqa tarafining chap tepa burchagiga yopishtiradi.

❇️Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari (har bir ishtirokchidan 1 donadan ijodiy ish) tegishli hujjatlar bilan birga ushbu manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri,Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37A-uy, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi.

Murojaat uchun telefon:
☎️71.252-30-88

Quyida  “Abu Rayhon Beruniy  siymosi yosh musavvirlar nigohida” rasmlar tanlovi Nizomi va Anketasi taqdim etilmoqda.

combinepdf

Анкета -ариза 00

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.