loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Beruniy siymosi yosh musavvirlar nigohida

Bugun Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bagishlangan “Abu Rayhon Beruniy siymosi yosh musavvirlar nigohida” nomli rasmlar tanlovi g`oliblarini taqdirlash hamda ko’rgazmasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ko`rgazmada ishtirokchilarning 80 dan ortiq ijodiy ishlari namoyish qilindi.

Tanlov shartlariga ko`ra, unda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan yoshlar ishtirok etib, «Beruniyning kamolot yo`li»,»Beruniy – kitobga oshno qalb sohibi»,»Beruniyning ilmiy tafakkuri»,»Beruniyning jahon tamadduniga qo`shgan hissasi»,
«Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo`lamiz» mavzularida ijodiy ishlar taqdim qilishdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishlar mazmundorlik, ranglar mutanosibligi, mavzuning ishlangan asarga mosligi, ijodiy ishdagi texnik mahorat kabi mezonlar asosida baholandi.

Hakamlar hay`ati xulosasiga ko’ra, III o‘ringa Sabiha Isomova (18 yosh, Toshkent shahri), II o‘rin sohibi
Abdumannop Abduvaliyev (15 yosh, Toshkent shahri), I o‘rin sohibi Aziz Mamutov (34 yosh, Qashqadaryo viloyati) munosib topildi.

G`oliblar diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.

Ko’rgazma joriy yil 25-yanvarga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.