loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

ANONS!!!

Ruminiyaning О’zbekistondagi elchixonasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida abstrakt haykaltaroshlik san’atining asoschisi Сonstantin Branсusi ijodiga bag’ishlab yosh rassomlar о’rtasida o’tkazilgan kо’rik-tanlov ko’rgazmasiga taklif etamiz. Ochilish marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 19-fevral kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekning musavviri

Bugun O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan «Men o‘zbekning musavviriman» deb nomlangan xotira ko‘rgazmasi ochildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan joriy yilda O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi keng nishonlamoqda, Badiiy akademiya tomonidan sanaga bag‘ishlab badiiy-maʼrifiy xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur farmoyish […]

Dunyoga “haykalini” o‘rnatgan inson

Bugun,15-fevral kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq rassomi, Davlat mukofoti laureati, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik lavhasi (barelyef)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq rassomi J.Mirtojiyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirni O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur olib bordi.   Badiiy akademiya raisi mamlakatimizda o‘zining betakror ijodiy merosi, ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga ulkan […]

“Chiziqdan shaklgacha”

14-fevral kuni Toshkent fotosuratlar uyida taniqli haykaltarosh, rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Azamat Xatamovning “Chiziqdan shaklgacha” nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada rassomning 47 ta grafika va 4 ta haykaltaroshlik asarlari o’rin oldi. A.Xatamov uzoq yillardan buyon Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga haykaltaroshlik sir-asrorlaridan saboq berib kelmoqda. San’atshunos olimlar […]

Diqqat, ijodiy tanlov

О‘zbekiston xalq rassomi, professor Bahodir Jalolov tashabbusi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari o‘rtasida “Birinchi renessans. Yuksalish” nomli tasviriy san’at asarlari kо‘rik-tanlovi e’lon qilindi! Tanlovning maqsadi — Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi tarixiy hissasini targ‘ib qilishdir. Tanlovda g‘olib deb topilgan 3 ta ijodiy ish mualliflari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan […]

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

Bugun, 14-fevral kuni Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maktab o’qituvchisi Dilshod Vohobovning «Ajdodlar ruhi mangu barhayot» nomli shaxsiy ko’rgazmasini ochillish marosimi bo’lib o’tdi. Ekspozitsiyada rassomning allomalarimizga bag’ishlangan va eng sara ijod mahsullaridan iborat 60 yaqin asarlari namoyish […]

Anons!

Joriy yilning 14-fevral kuni, soat 17:00 da, Toshkent Fotosuratlar uyida taniqli haykaltarosh, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Аzamat Xatamovning “Chiziqdan shaklgacha” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qaror loyihasi muhokamasi

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Badiiy akademiya raisi A.Nuridinov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yig‘ilishda belgilangan sohaga oid vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini xalqaro darajada ommalashtirish, isteʼdodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar […]

ANONS!!!

O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi 2024 yi 15 fevral soat 11:00 da O‘zbekiston Xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Men O‘zbekning musavviriman” deb nomlangan xotira ko‘rgazmasiga taklif etadi. Ko‘rgazma 2024- yil 15-martga qadar davom etadi.

Biz korrupsiyaga qarshi-birga kurashamiz!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati hamda akademiya tizimidagi tashkilot va talim muassasalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, sohani korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida joriy yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi J.Eshmuminov tomonidan Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, […]

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.