loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Yubiley koʼrgazmasi

Bugun, 9-fevral kuni Markaziy koʼrgazmalar zalida rassomlar Аleksandr Batikov va Valeriy Kuznetsovlarning shaxsiy yubiley koʼrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bu yil V.Kuznetsov 65 yoshga toʼldi, А.Batikov 85 yoshni qarshi oldi. Ushbu koʼrgazmada А.Batikovning nafaqat rangtasvir asarlari, balki akvarelda ishlangan sayohat qoralamalari, zamondoshlar portretlari, shuningdek, spektakllar uchun yaratilgan sahna maketlari va libos eskizlari ham taqdim etilgan. […]

«Sohir qalam mo’jizasi» nomli an’anaviy ko’rgazma ochildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O’zbekiston Hunarmandlar Uyushmasi hamkorligida buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludiga bag’ishlab «Sohir qalam mo’jizasi» nomli ko’rgazma tashkil etildi. Buyuk tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyati adabiyot va tasviriy san’atning asosiy mavzularidan biri boʻlib kelgan. Sharq adabiyotining mumtoz vakillaridan bo’lmish […]

Badiiy akademiya raisi Farg‘ona davlat universitetida

Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Farg‘ona davlat universiteti taklifiga binoan ushbu oliy taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi. Yurtimizda tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, badiiy taʼlimda hamkorlikda kadrlar tayyorlash maqsadida Badiiy akademiya hamda ushbu yo‘nalishdagi qator xalqaro va milliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik kelishuvlari, memorandumlar imzolanmoqda, qo‘yilgan vazifalar amaliy ifodasini […]

Badiiy akademiya raisi Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi

Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Farg‘ona davlat universiteti taklifiga binoan ushbu oliy taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi. Yurtimizda tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, badiiy taʼlimda hamkorlikda kadrlar tayyorlash maqsadida Badiiy akademiya hamda ushbu yo‘nalishdagi qator xalqaro va milliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik kelishuvlari, memorandumlar imzolanmoqda, qo‘yilgan vazifalar amaliy ifodasini […]

Қўшма кўргазма

Жорий йилнинг 6 февраль куни Тошкент  фотосуратлар уйида Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси  Фоторассомлар шўъбаси аъзоларининг ҳисобот ва ҳаваскор фотографларнинг қўшма кўргазмаси очилди. Ушбу кўргазма мана бир неча йилдирки, анъанавий тарзда ўтказилиб келиняпти. Кўргазма кейинги бир неча йилдан буён шу тарзда, яъни порфессионал фотографлар билан бу соҳада эндигина иш бошлаган ҳаваскорлар суратларидан ташкил топган тарзда уюштирилмоқда. […]

Topshiriq ijrosi bajarilmoqda

Prezident Administratsiyasi tomonidan Respublika hududlarida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini o’rganish bo’yicha reja-grafigi asosida 2024-yilning 6-fevral kuni ishchi guruh azosi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ta’lim yo’nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi direktori D.Shukurov Jollibay Izentaev nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurdi. Тashrif davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida […]

ANONS!

2024 yilning 9 fevral kuni soat 11:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Milliy Rassomlik va dizayn institutining 1-bosqich talabalari Hilola Xakimova va Leyla Garabayevalarning «IJOD VA ISHTIYOQ» nomli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 😎Kirish bepul. 📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

Biz korrupsiyaga qarshi-birga kurashamiz!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati hamda akademiya tizimidagi tashkilot va talim muassasalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, sohani korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida joriy yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi J.Eshmuminov tomonidan Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, […]

«Hikmat izlab” nomli xattotlik ko`rgazmasi

2024-yilning 5-fevral kuni soat 12:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko`rgazmalar zalida “Hikmat izlab” nomli xattotlik ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada Toshkent shahri va Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida yashab ijod qilayotgan xattotlarning 60dan ortiq ijodiy asarlari namoyish qilindi. Ko`rgazma ishtirokchilari: Yoqub Buxarboyev, Omina Boynazarova, Xayrulla Lutfullayev, Shaxzoda Rahmatullayeva, Mashhura Sobirova, […]

Rassom tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

Qoraqalpoģiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi Rafael Tevatrosovich Matevosyan tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Qoraqalpoģiston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyi bo‘linmasi Mo‘ynoq ekologiya muzeyida «Orol oydinidan zavqlangan iste‘dod» nomli ko‘rgazma va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.  

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.