loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yubiley koʼrgazmasi

Bugun, 9-fevral kuni Markaziy koʼrgazmalar zalida rassomlar Аleksandr Batikov va Valeriy Kuznetsovlarning shaxsiy yubiley koʼrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bu yil V.Kuznetsov 65 yoshga toʼldi, А.Batikov 85 yoshni qarshi oldi.

Ushbu koʼrgazmada А.Batikovning nafaqat rangtasvir asarlari, balki akvarelda ishlangan sayohat qoralamalari, zamondoshlar portretlari, shuningdek, spektakllar uchun yaratilgan sahna maketlari va libos eskizlari ham taqdim etilgan. Koʼp yillik ijodiy faoliyati davomida rassom teatrdagi doimiy ishidan tashqari, har yili plenerlarga chiqadi va u yerda oʼzgacha ilhomlanib, goʼzal asarlar yaratadi.

Valeriy Kuznetsov turli uslublar – kubizm, abstraktsionizm va boshqa yoʼnalishlarda eksperimentlar qilib ijodiy faoliyat yuritib kelmoqda.

Ekspozitsiyada ikki rassomning 300 dan ortiq rangtasvir va grafika asarlari oʼrin olgan.

Ko‘rgazma shu yilning 23-fevraliga qadar davom etadi.

Kuznetsov Valeriy Аleksandrovich

1959 yilda Toshkent shahrida tugʼilgan. Toshkent Politexnika institutining Meʼmorchilik fakultetida rassomlar S. Shirokov, Yu. А. Zorkin, Ch.Аhmarovdan tahsil olgan.

2016 yildan Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.

Ijodiy faoliyati davomida 29 dan ortiq koʼrgazmalarda ishtirok etgan.

Batikov Аleksandr Аndreyevich
Kino va teatr rassomi, rangtasvirchi.

Аleksandr Batikov Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oʼzbekiston Respublikasi тeatr arboblari uyushmasi aʼzosi.

Аleksandr Batikov stsenograf va sahnalashtiruvchi rassom sifatida Fargʼona, Qoʼqon, Guliston, Qozon va Toshkentda 100 dan ortiq spektakllarning sahnalashtiruvchi rassomi, qolaversa uchta badiiy filmning sahnalashtiruvchi rassomi.

Grafik sifatida Gʼ.Gʼulom nashriyotida ijodiy faoliyat olib borib 10 ga yaqin kitoblarni badiiy bezagan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.