O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati hamda akademiya tizimidagi tashkilot va talim muassasalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, sohani korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida joriy yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi J.Eshmuminov tomonidan Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek lavozim (xizmat) majburiyatlarini bajarish chog‘ida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi hamda korrupsiyaning salbiy illatlari haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.
Yig‘ilishda Jizzah ISMI pedagog xodimlari ishtirok etdi,savollarga javob olishdi.