loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Hikmat izlab” nomli xattotlik ko`rgazmasi

2024-yilning 5-fevral kuni soat 12:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko`rgazmalar zalida “Hikmat izlab” nomli xattotlik ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.


Ko`rgazmada Toshkent shahri va Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida yashab ijod qilayotgan xattotlarning 60dan ortiq ijodiy asarlari namoyish qilindi.


Ko`rgazma ishtirokchilari: Yoqub Buxarboyev, Omina Boynazarova, Xayrulla Lutfullayev, Shaxzoda Rahmatullayeva, Mashhura Sobirova, Umar Payzimuxamedov, Gulmira Qahhorova, Ikromjon Nosirov, Abdulboriy Islomov, Shoira Darveshyeva, Madina Saliaxunova, Nozima Alimuhammedova, Amina Boynazarova, Nozima Jo`rayevalarning ijod namunalaridan ham bahramand bo`lasiz.


Shuningdek, ajoyib asarlari taqdim qilinmoqda. Andijon shahridan Zulayho Salomova, Qo`qon shahridan Dilshodaxon Mamajonovalarning ham rang-barang xattotlik ishlari ko`rgazmadan joy olgan.

🔵Ko`rgazma joriy yilning 15 fevraligacha davom etadi.

🔵Kirish bepul.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.