loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Diqqat, ijodiy tanlov

О‘zbekiston xalq rassomi, professor Bahodir Jalolov tashabbusi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari o‘rtasida “Birinchi renessans. Yuksalish” nomli tasviriy san’at asarlari kо‘rik-tanlovi e’lon qilindi!

Tanlovning maqsadi — Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi tarixiy hissasini targ‘ib qilishdir.

Tanlovda g‘olib deb topilgan 3 ta ijodiy ish mualliflari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

✨1-о‘rin — 10 million sо‘m
✨2-о‘rin — 5 million sо‘m
✨3-о‘rin — 3 million sо‘m

🗒 Tanlov 2024-yilning 9-apreliga qadar davom etadi!

🔗 Batafsil tanlov nizomida tanishing (https://mrdi.uz/2024/02/12/birinchi-renessans-yuksalish-tanlovi-nizomi/)

Institutimizning iste’dodli va ijodkor talabalarini ushbu ko‘rik-tanlovda faolikka chorlaymiz!

✨Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, aziz talabalar!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.