loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Chiziqdan shaklgacha”

14-fevral kuni Toshkent fotosuratlar uyida taniqli haykaltarosh, rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Azamat Xatamovning “Chiziqdan shaklgacha” nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ko’rgazmada rassomning 47 ta grafika va 4 ta haykaltaroshlik asarlari o’rin oldi.

A.Xatamov uzoq yillardan buyon Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga haykaltaroshlik sir-asrorlaridan saboq berib kelmoqda.

San’atshunos olimlar Surxon vohasining qadimiy san’ati Sherobod shahrida ulg‘aygan A.Xatamov haykaltaroshligiga katta ta’sir ko‘rsatganini e’tirof etadi.

Ijodkorning rangtasvir va grafikasida Sharq lirikasi va she’riyat motivlari ifodalanadi. Silliq chiziqlar, loy va terakota, jozibali va och yashil ranglar muallifning romantizm bilan sug’orilgan asarlarining asosiy tarkibiy qismlaridir.

Rassom asarlari bugungi kunda qator mamlakatlar muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.