loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qaror loyihasi muhokamasi

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Badiiy akademiya raisi A.Nuridinov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yig‘ilishda belgilangan sohaga oid vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini xalqaro darajada ommalashtirish, isteʼdodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda yangi zamonaviy texnologiyalar asosida kreativ loyihalarni amalga oshirish maqsadida «Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi.

Qaror loyihasini yana-da takomillashtirishga oid tegishli topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.