loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Go‘zallikdan lavhalar

9 iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, «Mehnat shuhrati» ordeni soxibi, taniqli rassom Erkaboy Masharipovning «Go‘zallikdan lavhalar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning 75 ga yaqin tarixiy, portret va manzara janridagi rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda.

Ijodkor asarlarida rangtasvirning realizm, ekspressionizm, sivolizm, naturalizm singari g‘arbga xos yo‘nalishlari bilan bir qatorda sharqqa xos nafislik, nazmiylik, falsafiy mushohadaning o‘ziga xos jilvasini his qilish mumkin.

Musavvirning manzara janridagi asarlari toboshabin diqqatini jalb qilishi tayin. Negaki, ularda kompozitsiya mavzu, makon va zamon ruhiyati bilan uyg‘unlashtirilgan.

Asarlari Temuriylar tarixi davlat muzeyida (O‘zbekiston), Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Angliya, Daniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar galereya,  shaxsiy kolleksiyalari hamda  kartinalar galeyasida saqlanadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.