Alisher Saifnazarov, Aram Mnatsakanov, Gulshan Bobojonova va Rozanna Avetisovalarning “RANGLAR KAMALAGI” nomli ko`rgazmasi.
Bugun O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Alisher Saifnazarov, Aram Mnatsakanov, Gulshan Bobojonova va Rozanna Avetisovalarning “RANGLAR KAMALAGI” nomli ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada 4 nafar o`quvchilarning 40ga yaqin asarlari namoyish qilindi.
✔️Ko`rgazma joriy yilning 11 apreligacha davom etadi.