loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Bokuda O‘zbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

oriy yilning 1-8-may kunlari Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyida Oʻzbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining “Oshiq darvesh” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va Ozarbayjon Milliy san’at muzeyi.

❇️Ushbu ko’rgazmada taniqli zamonaviy o’zbek miniatyurachilari Davron Toshev, Behzod Hojimetov, Mirhamid Sobirov va Baxtiyor Dedashevning 60 dan ortiq asarlari namoyish etiladi.

❇️Tadbir dasturidan, shuningdek, o‘zbek miniatyurachilari B.Hojimetov va D.Toshevning mahorat saboqlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor K.Akilovaning zamonaviy o‘zbek miniatyura san’ati bo‘yicha ma’ruzasi ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.