loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Buyuk mutafakkirlarimiz siymolari

Bugun,16-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida “Buyuk mutafakkirlarimiz siymolari” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada rassomlarimiz chizgan qirqdan ortiq diniy alloma hamda aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirishga benazir hissa qo‘shgan olimlarning portretlari o‘rin oldi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyuldagi «O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib tashkil etildi.

Ko‘rgazmada mutaxassis olimlar tomonidan rassomlarga tarixiy shaxslar siymosini yaratishda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.