loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Tojikistonda Oʻzbekiston rassomlari ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Joriy yilning 14-16-sentyabr kunlari Dushanbe shahrida “Muzliklarni muhofaza qilish-Orol dengizini qutqarishning omilidir” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari rassomlarining ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi hamda sammiti doirasida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rassomlarining ko‘rgazmasida О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) stajyor-tadqiqotchilari Sarvinoz Qosimova hamda Saidbek Sabirbayev o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.