Bugun,4 aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi ko‘rgazmalar zalida Libos bo‘limi ustoz rassomlarining «Аssorti» deb nomlangan ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazmada Libos bo‘limi ustozlari – Dilnoza Rahimova, Elnur Egamov, Nigora Nusratova, Javlon Qurbonov, Mohigul Norchayeva, Muhammadzohid Oripov, Nilufar Ismatova, Mirfayz Bahromovning 60 ga yaqin rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, multiplikatsiya, installyatsiya yo‘nalishlaridagi ijod namunalari o‘rin egalladi.