Koreyaning «Pum» san’ati markazi delegatsiyasi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida.
Joriy yil 22-aprel kuni maktabga Koreya madaniyati va “Pum” san’ati markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida maktab o`quvchilari bilan suhbat va “Xangil kalligrafiyasida yozish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.